Texnologiya, iqtisodiyot va innovatsiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va nashrlar.
Yusufjonov Boburxon Otabek o‘g‘li
Vatan unuversiteti • 2026
Mazkur magistrlik dissertatsiyasi raqamli iqtisodiyot sharoitida hududlarda elektron biznesni rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga bag'ishlangan bo'lib, Andijon viloyati misolida amalga oshirilgan. Tadqiqotda elektron biznesning nazariy-metodologik asoslari tahlil qilingan, xorijiy mamlakatlar tajribasi umumlashtirilgan hamda O'zbekistonda, xususan Andijon viloyatida elektron biznesni rivojlantirish holati baholangan. Hududiy elektron biznes ekotizimining 12 komponentli konseptual modeli, elektron biznes rivojlanishini baholashning to'rt komponentli ko'rsatkichlar tizimi (infratuzilma, integratsiya, inson kapitali, raqamli ishonch) ishlab chiqilgan. Shuningdek, Andijon viloyatida elektron biznesni rivojlantirishga qaratilgan to'rtta tashkiliy-iqtisodiy mexanizm — "raqamli vaucher" dasturi, mikro-logistika markazlari, "BPO va frilans inkubatori" tizimi hamda raqamli savodxonlik dasturi taklif etilgan. Tadqiqot natijalari "O'zbekiston — 2030" strategiyasi va PF-21-son Farmoni doirasida hududlarda elektron biznesni rivojlantirishning ilmiy-amaliy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yusufjonov Boburxon Otabek o‘g‘li
Ijtimoiy va amaliy fanlar o‘qitilishida zamonaviy yondashuvlardan foydalanish: talablar hamda tendensiyalar • Toshkent • 2026
Ushbu maqolada O‘zbekiston hududlarida elektron biznesni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va amaliy mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqot Andijon viloyati misolida hududiy raqamli tafovut va infratuzilma hamda biznes faolligi o‘rtasidagi nomutanosiblikni aniqlaydi. Maqolada sanoat, xizmatlar va hunarmandchilik sohalarida raqamli platformalarni rivojlantirish, logistika tizimini “Hub-and-Spoke” modeli asosida takomillashtirish hamda elektron savdoda ishonchni oshirish uchun Eskrou tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Yusufjonov Boburxon Otabek o‘g‘li
Sun’iy Intellekt va Raqamli Iqtisodiyot • Toshkent • 2025
Ushbu maqolada hududlarda elektron biznes strategiyalarini rivojlantirishning dolzarbligi va ahamiyati tahlil qilinadi hamda elektron tijoratning iqtisodiy o‘sish va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga ijobiy ta’siri O‘zbekiston misolida o‘rganiladi. Raqamli iqtisodiyotning hududiy rivojlanishdagi o‘rni ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston sharoitida ushbu sohani kengaytirish uchun strategik yondashuvlar va amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Ishning obyekti sifatida hududiy iqtisodiyotdagi elektron biznes jarayonlari, predmeti sifatida esa elektron tijoratning ushbu jarayonlarni qo‘llab-quvvatlashdagi roli aniqlanadi. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning chekka hududlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun samarali strategiyalarni shakllantirish bo‘lib, bunda infratuzilmani modernizatsiya qilish, raqamli savodxonlikni oshirish va mahalliy tadbirkorlarni global bozorga integratsiya qilish kabi vazifalar belgilab olinadi. O‘zbekiston Respublikasining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi kabi davlat siyosati hujjatlari va “Alibaba”, “Amazon” kabi global tajribalar asosida takliflar keltiriladi. Ushbu yondashuvlar O‘zbekistonning raqamli iqtisodiy salohiyatini oshirishga va hududiy tadbirkorlikni zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirishga xizmat qiladi
Hududlarda elektron tijorat, startap ekotizimi, raqamli to'lovlar, fintech innovatsiyalari
Veb-ilova arxitekturasi, bulutli hisoblash, server optimallashtirish, kiberxavfsizlik
Onlayn bron qilish tizimlari, raqamli marketing, mijozlar tajribasi, hududiy turizm
KO'B raqamlashtirish, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, elektron tijoratni joriy etish strategiyalari
Maqolalarni chuqur o'rganish va citatsiya qilish uchun birlamchi manbalarga murojat qiling yoki quyidagi kontaktlar orqali talab qiling.