FOSAI — Freelance buyurtmalarni AI orqali topish va tahlil qilish platformasi

FOSAI — Kwork, Upwork va boshqa freelance platformalardagi buyurtmalarni avtomatik kuzatib, AI yordamida tahlil qiluvchi va dasturchiga mos loyihalarni Telegram orqali xabardor qiluvchi FreelanceOS platformasi.

Raqamli yechimlar Laravel PHP MySQL Telegram Bot API REST API AI / LLM Integration Webhooks Queue / Scheduler

Loyiha haqida

Tavsifi:

FOSAI (FreelanceOS AI) — freelancerlar uchun ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan buyurtma monitoring va AI-tahlil platformasi.


Tizim freelance platformalardagi yangi loyihalarni kuzatadi, ularni dasturchining tajribasi va texnik imkoniyatlariga nisbatan tahlil qiladi hamda mos loyihalar haqida Telegram orqali xabarnoma yuboradi.


Platforma freelancerga har bir yangi buyurtmani qo‘lda izlash va saralashga ketadigan vaqtni kamaytirishga yordam beradi.AI loyiha talablarini tahlil qilib, loyiha turi, murakkabligi, taxminiy ish hajmi, texnologik mosligi, xavflari va buyurtmani olish ehtimoli kabi ko‘rsatkichlarni baholaydi.

Mijoz:

FOS AI

Texnologiyalar:

Laravel, PHP, MySQL, Telegram Bot API, REST API, AI / LLM Integration, Webhooks, Queue / Scheduler

Vaqt davomiyligi:

15 kun

Statusi

Loyiha holati

✓ Faollashtirilgan

Taqdim Etilgan Xizmatlar

Web Sayt Yaratish

Tizimlar Ishlab Chiqish

API va Avtomatlashtirish

Telegram Botlar Yaratish

Muammolar va Yechimlar

Muammolar

  • Freelance platformalarda yangi buyurtmalarni doimiy kuzatish ko‘p vaqt talab qiladi.
  • Har bir loyihani qo‘lda o‘qib, texnik talablarini tahlil qilish zarur.
  • Mos va mos bo‘lmagan loyihalarni tez ajratish qiyin.
  • Byudjet, murakkablik va texnik talablarni tez baholash uchun alohida vaqt kerak.
  • Bir nechta freelance platformalarni parallel kuzatish noqulay.
  • Qiziqarli buyurtmalarni kech ko‘rish natijasida ularga javob berish imkoniyati kamayadi. 

Yechimlar

FOSAI ushbu jarayonni avtomatlashtiradi.

Tizim freelance platformalardan yangi buyurtmalarni yig‘adi va ularni AI yordamida tahlil qiladi. Har bir loyiha bo‘yicha freelancer uchun muhim bo‘lgan texnik va tijoriy ko‘rsatkichlar ajratib beriladi.

AI:

  • loyiha talablarini tahlil qiladi;
  • texnologik moslikni baholaydi;
  • murakkablikni aniqlaydi;
  • taxminiy muddatni baholaydi;
  • xavflarni ko‘rsatadi;
  • loyiha mosligini ball bilan baholaydi;
  • otklik uchun tavsiya yoki tayyor matn yaratishga yordam beradi.

Mos loyiha aniqlanganda Telegram orqali tezkor xabarnoma yuboriladi.

Natijada freelancer yangi buyurtmalarni tezroq ko‘radi, ularni tez saralaydi va o‘z vaqtini faqat mos loyihalarga sarflaydi.

Texnik Arxitektura

Backend

  • ✓ Laravel
  • ✓ PHP
  • ✓ MySQL

Frontend

  • ✓ HTML
  • ✓ CSS
  • ✓ JavaScript

DevOps

  • ✓ Linux
  • ✓ Nginx
  • ✓ VPS
  • ✓ Cron / Queue Workers

Security

  • ✓ Authentication
  • ✓ Role-based access
  • ✓ API security
  • ✓ Secure webhook handling

Sizga ham shunday loyiha kerakmi?

Loyihangizni amalga oshirishda yordam kerakmi? Keling, birgalikda muhokama qilamiz.

Bog'lanish